1. ISIC/ITIC/IYTC kartasini qayerdan xarid qlilsam bo'ladi?
Siz kartani bizning veb-saytimizda ushbu havola orqali "Karta Olish" tugmasi xarid qilishingiz mumkin.
2. ISIC kartasini xarid qilish uchun sizga quyidagilar kerak:
Pasport yoki ID.
Talaba guvohnomasi yoki ta'lim muassasasidan o'qish shaklini ko'rsatadigan joriy sertifikat.
3. ITIC kartasini rasmiylashtirishingiz uchun sizga quyidagilar kerak bo'ladi:
Pasport yoki ID.
Ish joyini ko'rsatuvchi va haftasiga kamida 18 soat o'qitish faktini tasdiqlovchi ish joyidan ma'lumotnoma.
Kartaning amal qilish muddati - karta rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir kalendar yil.
4. IYTC kartasini rasmiylashtirishingiz uchun sizga kerak:
Pasport yoki ID.
5. ISIC kartasini quyidagi shaxslar rasmiylashtirishi mumkin:
12 yoshdan oshgan maktab o'quvchisi.
Texnik maktab, kollej yoki to'liq vaqtdagi maktab o'quvchisi.
Ta'lim muassasaning to'liq vaqtdagi talabasi.
Ta'lim muassasaning to'liq vaqtdagi aspiranti yoki stajori.
6. IYTC kartasini quyidagi shaxslar rasmiylashtirishi mumkin:
7 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan shaxslar.
7. ITIC kartasini quyidagi shaxslar rasmiylashtirishi mumkin:
Har qanday ta'lim muassasasining haftasiga kamida 18 soat ta'lim beruvchi o'qituvchisi.
8. Kartani ishlab chiqarish muddati qancha?
Buyurtma joylashtirilgan kun keyin 3 ish kunida elektron karta yuboriladi.
9. ISIC/ITIC/IYTC kartasining amal qilish muddati qancha?
Karta ishlab chiqarilgan kundan boshlab bir kalendar yil davomida amal qiladi.
10. Men kartamni yo'qotib qo'ydim, uni qayta tiklash mumkinmi?
Kartani qayta tiklab bo'lmaydi, lekin yangi kartani bir xil sharoitda chiqarish mumkin.
1. O‘zbekistonda ISICning qanday chegirmalari mavjud?
O‘zbekistondagi barcha chegirmalarni veb-saytimizning CHEGIRMALAR bo‘limida ko‘rishingiz mumkin.
2. O'zbekistondan tashqarida yoki ma'lum bir davlatda chegirmalarni qanday ko'rish mumkin?
Siz isic.org saytida butun dunyo bo'ylab yoki ma'lum bir mamlakatda chegirmalarni ko'rishingiz mumkin.
3. Saytda ko'rsatilgan chegirma amalda berilmagan bo'lsa yoki belgilanganidan kamroq chegirma berilgan bo'lsa nima qilishim kerak?
Muammoning batafsil tavsifi (hamkor, hamkorning manzili, sana va vaqt, iloji bo'lsa chegirmadan bosh tortgan menejer yoki xodimning ismi) bilan "BIZGA BOG'LANING" shaklini to'ldiring, operatorlarimiz siz bilan bog'lanadi.
4. ISIC mobil ilovasi
Mobil ilova Google Play, App Store va App Gallery’da mavjud. Ilovada Oʻzbekiston va butun dunyo boʻylab barcha chegirmalarni koʻrishingiz mumkin, shuningdek, mobil ilova orqali ISIC/IYTC/ITIC raqamli shakldan foydalanishingiz mumkin.
Qanday qilib ISIC hamkori bo'lish mumkin?
“ISIC hamkoriga aylaning” shaklini toʻldiring, bizning operatorlarimiz siz bilan bogʻlanishadi.