Yillik raqamli obuna uchun chegirma taqdim etiladi.
SinoAI
IYTC - 8% chegirma ISIC - 10% chegirma ITIC - 12% chegirma
Sino AI haqida
Sino AI - kundalik salomatlikka g‘amxo‘rlik qilish uchun yaratilgan raqamli platforma. U sun’iy intellekt, foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari va qulay tibbiy xizmatlarni bitta ilovada birlashtiradi.
Sino AI yordamida foydalanuvchilar salomatlik ko‘rsatkichlari va tahlil natijalari bo‘yicha tushunarli izohlar olishlari, ayrim kasalliklar xavfini baholashlari, ovqatlanish va jismoniy faollikni kuzatishlari, shifokor hamda diagnostika xizmatlariga yozilishlari mumkin. “Mening oilam” funksiyasi esa yaqin insonlarning salomatligiga ularning roziligi asosida g‘amxo‘rlik qilishga yordam beradi.
Sino AI Premium yillik obunasi foydalanuvchiga amaldagi tarif doirasidagi raqamli funksiya va xizmatlardan foydalanish imkonini beradi. Sino AI xizmatlari axborot va profilaktik xususiyatga ega bo‘lib, yakuniy tashxis qo‘ymaydi va shifokor maslahatining o‘rnini bosmaydi.
Sino Band haqida
Sino Band - Sino AI ilovasi bilan yagona ekotizimda ishlaydigan aqlli bilaguzuk. U uyqu, yurak urishi, qondagi kislorod darajasi, stress, jismoniy faollik, qadamlar, masofa, sarflangan kaloriyalar va boshqa ko‘rsatkichlarni kun davomida kuzatishga yordam beradi.
Bilaguzuk to‘plagan ma’lumotlar Sino AI ilovasi bilan sinxronlashtiriladi. Ilovada foydalanuvchi ko‘rsatkichlar dinamikasini kuzatishi va o‘z holati haqida tushunarliroq ma’lumot olishi mumkin.
Sino Band kundalik monitoring uchun mo‘ljallangan bo‘lib, professional tibbiy ko‘rik, tashxis yoki davolashning o‘rnini bosmaydi.
Karta egalari uchun maxsus taklif
ISIC Uzbekistan bilan hamkorlik doirasida amaldagi xalqaro karta egalari Sino AI Premium yillik raqamli obunasiga maxsus imtiyozlarga ega bo‘ladilar:
ISIC - 10% chegirma
ITIC - 12% chegirma
IYTC - 8% chegirma
barcha karta egalari uchun - 13-oy bepul
Chegirma kartaning amal qilishi tasdiqlangandan so‘ng maxsus promokod orqali taqdim etiladi. Taklif faqat Sino AI Premium yillik raqamli obunasiga amal qiladi.
IYTC - 8% chegirma
ISIC - 10% chegirma
ITIC - 12% chegirma
barcha karta egalari uchun - 13-oy bepul
Chegirma kartaning amal qilishi tasdiqlangandan so‘ng maxsus promokod orqali taqdim etiladi. Taklif faqat Sino AI Premium yillik raqamli obunasiga amal qiladi.
